Markaziy bank joriy haftada ikkinchi marta xorijiy valyutalarning so’mga nisbatan quyidagi qiymatlarini belgiladi:
- Dollar kursi 179 so’mga ko‘tarilib, 9 061 so‘mni tashkil qildi.
- Yevro esa 163 so‘mga ko‘tarilib, 10 092 so‘mni tashkil qildi.
- Rossiya rubli 2 so’mga ko’tarilib, 138 so‘mni tashkil qildi.
Dollar kursi aprel oyining oxirlarida 14 so’mga pasayganidan so’ng ketma-ket ravishda ko’tarilmoqda.
Iyul oyining ikkinchi yarmidan boshlab, ayniqsa avgust oyining boshida ichki valyuta bozorida xorijiy valyutaning so‘mga nisbatan almashuv kursi oshish sur’atining tezlashishi kuzatildi.