Joriy yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston avtomobil ishlab chiqarish hajmini oshirishda davom etmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlarida keltirilgan.
Ishlab chiqarilgan avtomobillar hajmi 147 650 tani tashkil etdi, 2018 yilning shu davrida esa 98 700 ta avtomobil ishlab chiqarilgan.
Ma’lumotlarga ko’ra, yuk avtomobillari ishlab chiqarish hajmi ham ortib, 2 985 tani tashkil etdi. O‘tgan yilning mos davrida esa 1 925 ta yuk avtomobili ishlab chiqarilgan.
Bundan tashqari, 1 095 ta avtobus ishlab chiqarildi, bu esa 2018 yilning mos davriga nisbatan 3,6 m. ko’pdir.
Shuningdek, ishlab chiqarish sanoatida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan solishtirganda avtomobil dvigatellari — 1,6 m., yurguzuvchi g‘ildiraklar, ularning qismlari va jihozlari — 1,5 m., radiatorlar, shovqin so‘ndirgichlar va chiqarish quvurlari, ulovchi mexanizmlar, rul chambaraklari, rul kolonkalari va rul mexanizmlarining karterlari va ularning qismlari — 1,5 m. ga oshdi.