12 avgustdan 18 avgustgacha bo‘lgan davr mobaynida onlayn auksion orqali sotilgan avtomobil raqamlari soni 716 tadan 632 taga kamaydi. Bu haqda Tovar xomashyo birjasi ma’lumotlarida keltirilgan.
Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 2,5 mlrd so‘mni tashkil qildi.
Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 16,8% birinchi toifadagi avtoraqamlarga 52,5% ikkinchi va 30,7% uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishlidir.
Shu jumladan birja savdolarining hajmi avvalgi haftaga nisbatan 3,8% ga kamayib, 655,4 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Valyuta savdo maydonchasi orqali sotilgan tovarlarning summasi 2,2 mln $ni tashkil etdi.