Ilgari Spot xabar berganidek, 21 avgustdan O‘zbekiston banklari xorijiy valyutani naqd pulda sotishni boshladi.

Bir kun ichida aholi tomonidan 15 mln $dan ziyod naqd valyuta xarid qilingan bo‘lsa, shundan 9,6 mln $ naqd ko‘rinishda amalga oshirilgan.

Bu haqda bugun, 22 avgust kuni bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro press-klubda Markaziy bankning Pul-kredit siyosati departamenti direktori Behzod Xamrayev ma’lum qildi, xabar beradi Spot muxbiri.

Bundan tashqari, banklar aholidan 20 mln $ miqdorida xorijiy valyuta xarid qildi.

Markaziy bank bundan keyin valyuta sotish va sotib olish narxlarini belgilamaydi, narxlar bozorda mustaqil shakllanadi.

Ilgari Spot banklar naqd xorijiy valyuta sotuvini boshlaganliklari, hamda cheklovlar yo‘q bo’lib, istalgan mablag‘ni sotib olish mumkinligi haqida xabar bergan edi.