Birjaning “Avtoraqam” elektron savdo platformasi ishga tushirilgan paytdan boshlab umumiy qiymati 245 mlrd so‘mdan yuqori 50 mingta avtomobil raqam belgilari sotildi. Bu haqda Tovar xomashyo birjasi ma’lumotlarida keltirilgan.

Bitta bitimning o‘rtacha qiymati 5 mln so‘mni tashkil etdi.

2017 yildan buyon yuridik va jismoniy shaxslar avtoraqamlar sotuvi bo‘yicha o‘tkaziladigan savdolarda vositachilarning ishtirokisiz, ya’ni bevosita o‘zlarining shaxsiy kabineti orqali ishtirok etishadi.

Ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgisini oshirilgan to‘lov stavkasi bo‘yicha xarid qiladigan yuridik va jismoniy shaxslar o‘zlarining shaxsiy kabinetidagi login va parolni tegishlicha saqlanishi va xavfsizligi uchun to‘liq javob beradi.

2019 yil onlayn auksionda 72,3 mlrd so‘mlik 17 448 avtoraqamlar sotildi. Tuzilgan bitta bitimning o‘rtacha qiymati 4,1 mln so‘mni tashkil etdi.

Ilgari Spot 12 avgustdan 18 avgustgacha bo‘lgan davr mobaynida onlayn auksion orqali sotilgan avtomobil raqamlari soni 716 tadan 632 taga kamaygani haqida xabar berganedi.