19 avgustdan 25 avgustgacha bo‘lgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 682 ta avtomobil raqamlari sotildi. Bu haqda Tovar xomashyo birjasi ma’lumotlarida keltirilgan.
Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 3 mlrd so‘mni tashkil qildi.
Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 20,5% birinchi toifadagi avtoraqamlarga 45,9% ikkinchi va 33,6% uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishlidir.
Shuningdek, birja savdolarining hajmi 655,4 mlrd so‘mdan 742,6 mlrd so‘mga oshdi. Valyuta savdo maydonchasi orqali deyarli 2,9 mln $ga teng tovarlar sotildi, bu esa avvalgi hafta natijasiga nisbatan 31,8%ga yuqori.
Ilgari Spot “Avtoraqam” elektron savdo platformasi ishga tushirilgan paytdan boshlab umumiy qiymati 245 mlrd so‘mdan yuqori 50 mingta avtomobil raqamlari sotilgani haqida xabar bergan edi.