19−23 avgust kunlari onlayn-auksion savdolarida boshlang‘ich narxi 1 so‘mga teng qiymatdagi 23 ta bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari, 93 ta yer uchastkasiga bo‘lgan huquq va sud hujjatlarini ijro etish bo‘yicha 40 ta obyekt sotildi. Bu haqda “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK PR xizmati xabar berdi.
Davlat mulki obyektlari
Boshlang‘ich narxi 1 so‘m qilib belgilangan bo‘sh turgan 23 ta davlat mulki obyekti 9 mlrd 430 mln so‘m investitsiya kiritish, 160 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish sharti bilan 1 mlrd 793 mln so‘mga sotildi. 54 ta obyekt savdoga chiqarildi 31 ta obyekt realizatsiya qilindi.
Yer uchastkalariga bo‘lgan huquq
Jami 93 ta boshlang‘ich narxi 356,4 mln so‘mlik yer uchastkalariga bo‘lgan huquq 33 mlrd 554,3 mln so‘mlik investitsiya kiritish va 409 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish sharti bilan 1 mlrd 848,6 mln so‘mga sotildi.
Hafta davomida jami 299 ta boshlang‘ich narxi 1 mlrd 100,6 mln so‘mlik yer uchastkasiga bo‘lgan huquq elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarildi.
Shuningdek, hozirgi kunda 2986 ta boshlang‘ich narxi 92 mlrd 403,7 mln so‘mlik bo‘sh yer uchastkalari elektron onlayn-auksion savdolarida realizatsiya qilish uchun joylashtirilgan.
Sud hujjatlarini ijro etish bo‘yicha
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish bo‘yicha jami 40 ta obyekt 5 mlrd 779,8 mln so‘mga sotildi. Hafta davomida 73 ta obyekt elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarildi.
Daryo o‘zanlari tozalash huquqi
Jami 3 ta daryo o‘zanlarini tozalash loyihalari 886,7 mln so‘mga sotildi. Shu bilan birga, haftada jami 3 ta boshlang‘ich narxi 1 mlrd 95 mln so‘mlik daryo o‘zanlarini tozalash loyihalari elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarildi.
Shuningdek, hozirgi kunda 31 taboshlang‘ich narxi 9 mlrd. 848,4 mln. so‘mlik daryo o‘zanlarini tozalash loyihalari elektron onlayn-auksion savdolarida realizatsiya qilish uchun joylashtirilgan.
Metall qazib olish huquqi
57 ta boshlang‘ich narxi 427,5 mln. so‘mlik qimmatbaho metallarni qazib olish huquqi 456,4 mln so‘mga sotildi.
Hozirgi kunda 20 ta boshlang‘ich narxi 150 mln. so‘mlik qimmatbaho metallarni qazib olish huquqi elektron onlayn-auksion savdolarida realizatsiya qilish uchun joylashtirilgan.