Prezident “Iste'molchilar huquqlarini himoya qilishning huquqiy va institutsional tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi hujjatni imzoladi.

Farmon bilan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzurida Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi tashkil etildi.

Agentlik iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqadi va amalga oshiradi.

Farmonga ko‘ra, Agentlikka tadbirkorlik va iste’molchilik madaniyatini takomillashtirish, reklama sohasida nohalol raqobatga va noto‘g‘ri reklamaning yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida reklama bozorini tartibga solish vazifasi yuklatildi.

Shuningdek, 2019−2020 yillarda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.