Ilgari Spot prezident topshirig‘iga binoan qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi 20%dan 15%gacha tushirilishi haqida xabar bergan edi.
Davlat soliq qo‘mitasida mazkur qadam nafaqat O‘zbekistonda, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasida investitsiya va iqtisodiy o‘sishning asosiy omili bo‘lishi kerakligi qayd etildi.
Ta’kidlanishicha, QQS stavkasini pasaytirish — bu soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasini ishlab chiqishda bo‘lgani kabi, bugungi siyosiy va iqtisodiy qarorlarda ham aks ettirilgan jamoatchilikka yo‘llanma hisoblanadi.
“Albatta, bu soliq manevri kuchli irodali va davlat uchun qiyin, chunki byudjetga soliq tushumlarining uchdan bir qismi QQS bilan ta’minlanadi. Davlat byudjeti daromadlarining qisqarishi xavfiga qaramay, ustuvorlik soliq yukini kamaytirish va mamlakatda tadbirkorlikni rivojlantirishga berildi”, deyiladi qo‘mita xabarida.
Qayd etilishicha, QQS stavkasi 15%ga pasayishi pul-kredit siyosatining yumshashi va narxlarning barqarorlashuvi belgisi hamdir. Amaldagi 20%lik soliq stavkasi 2000 yilda tashkil etilgan va so‘nggi 19 yil ichida qayta ko‘rib chiqilmagan.
Shuningdek, O‘zbekiston 2008 yildagi global moliyaviy inqirozdan keyin QQS stavkasini sezilarli darajada pasaytirishga erishgan birinchi mamlakat bo‘lgani ta’kidlandi.
Bunday qarorning qabul qilinishi soliq yukini sezilarli darajada kamaytirishi va soliq to‘lovchilar ixtiyorida 10 trln so‘mdan ko‘proq mablag‘ qolish imkonini berishi kutilmoqda.