Tadbirkorlar Abdulla Qodiriy nomidagi istirohat bog’i hududida investitsiya loyihalarni amalga oshirishga taklif qilinmoqda. Bu haqda Toshkent shahar hokimligining Telegram’dagi sahifasida ma’lum qilindi.

Ayni paytda Abdulla Qodiriy nomidagi istirohat bog‘i keng ko‘lamli rekonstruktsiyaga muhtoj. Bog‘ o‘zbek milliy uslubida quriladi va muallifning eng mashhur romanlaridan biri “O‘tkan kunlar” yozilgan davrni aks ettirishi tahmin qilinmoqda.

Bog‘ning umumiy maydoni 16,5 gektar bo‘lib, u yerda 14 ta loyiha amalga oshiriladi. Shu jumladan quyidagilar:

Qodiriyning yangi haykali, madrasa va kutubxona:

O‘zbekona uslubdagi mehmonxona:

Umumiy ovqatlanish obyektlari:

Savdo va hunarmadchilik rastalari, ustaxonalar, muzey va boshqalar:

Istirohat bog‘i Toshkent shahrining eski shahar qismining o‘ziga xos davomi bo‘lishi, shuningdek, Islom sivilizatsiyasi markazi, Hazrati Imom majmuasi va Chorsu bozori bilan yagona me’moriy ansamblni tashkil qilishi rejalashtirilgan.