“Yandeks.Xaritalar” Toshkentdagi shahar avtobuslarining harakatini ko‘rsata boshlashdi. Bu haqda kompaniyada Spot’ga ma’lum qilindi.
Avtobuslarning harakatini kuzatish uchun, transportni namoyish qilishni yoqish kerak — buni mobil ilova va Xaritalar veb-versiyasida amalga oshirish mumkin.
Android ychun ilovaning so‘ngi versiyasi o‘zbek tilini qo‘llaydi — u telefonda o‘zbek tili tanlanganida paydo bo‘ladi. Yaqinda bunday imkoniyat iOS da ham bo‘ladi.
“O‘zbekiston aholisiga “Yandeks.Xaritalar"dan foydalanish qulay bo‘lishi biz uchun muhim. Shuning uchun biz xizmatni butunlay o‘zbek tiliga o‘girdik va xaritaga harakatlanuvchan transportni qo‘shdik. Avtobuslarining qayerda harakatlanayotganini aniqlashdagi ma’lumotlarni olishda, bizga Toshkent hokimiyati va “Toshshahartransxizmat” yordam berishadi”, — deydi “Yandeks"ning O‘zbekistondagi mintaqaviy direktori Yevgeniy Lukyanchikov.
Hozirda xarita Toshkentdagi deyarli barcha davlat avtobuslarini ko‘rsatmoqda. Ilovada ular maxsus belgilar bilan belgilangan. Xaritada, avtobusning real vaqtdagi turgan joyini, agarda bekat belgisi bosilsa — u necha daqiqadan so‘ng kelishini ko‘rish mumkin.
Ma’lumot har 30 soniyada yangilanib turadi, biroq bashorat qilish algoritmi tufayli belgilar sekin siljiydi.
Bekat belgisiga bosishda “Yandeks.Xaritalar”, undan o‘tuvchi barcha transport raqamlari ro‘yhatini ko‘rsatadi.
“Ilovadan foydalanib, siz kerakli nuqtagacha yo‘lni davom ettirishingiz mumkin bo‘ladi. Bu notanish hududdan qanday chiqib ketish, yoki shaharning boshqa chekkasidagi bozorga qanday borishni aniqlash uchun as qotadi”, deyiladi xabarda.
Toshkent transport harakatlanishining real vaqtda ko‘rsatiladigan O‘zbekistondagi birinchi shahar bo‘ldi. Dunyo bo‘ylab bunday shaharlar 90 tadan ortiq — Rossiyada, Belorusiya, Qozog‘iston, Yevropa va Amerikaning boshqa davlatlarida.