“Yandeks.Taksi” servisi Farg‘ona va Marg‘ilonda ishlashni boshladi. Bu haqda kompaniyada Spot’ga ma’lum qilindi.
Safarlarning qiymati 2000 so‘mdan boshlanadi. Masalan, aeroportdan “Остров сокровищ” restoranigacha safar tahminan 3300 so‘m, Sayilgoh ko‘chasidagi “Makro” supermarketidan Marg‘ilon oziq-ovqat bozorigacha — 7000 so‘m atrofida bo‘ladi.
“Farg‘ona va Marg‘ilon aholisi bizning ilovamiz yordamida buyurtma berish jarayonini to‘liq nazorat qilishlari va haydovchi yo‘lovchini olish joyiga kelayotganini hamda u hozir qayerda ekanligini ko‘rishlari mumkin bo‘ladi”, — deydi “Yandeks.Taksi"ning O‘rta Osiyo bozorlarini rivojlantirish bo‘yicha ijrochi direktori Tamirlan Shapiyev.
Servisda Farg‘ona va Marg‘ilonda ham, boshqa shaharlarda bo‘lgani kabi, o‘zining haydovchilari va mashinalari bo‘lmaydi. Kompaniya mahalliy yo‘lovchi tashuvchilar bilan hamkorlik qiladi.
Ilgari Spot “Yandeks” Toshkent transporti harakatini ko‘rsata boshlagani haqida xabar bergan edi.