63 ta jamiyatdagi davlat aksiyalari (ulushi) paketi ustuvor huquqlar qoʻllanmagan holda ommaviy savdolarga qoʻyiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi qarorida keltirilgan, xabar beradi “Norma”.
Ular orasida “Ipak Yo‘li” banki (0,41%), “Chotqol” MChJ (12,50%), “Baxmal agro silver” MChJ (16,20%) oʻrin olgan.
Past rentabelli va faoliyat yuritmayotgan 295 ta subyektga nisbatan tugatish yoki bankrotlik jarayonlari qoʻzgʻatiladi. Ular orasida 3,05%dan 100%gacha davlat ishtirokiga ega 51 ta MChJ va respublika boʻyicha turli idoraviy boʻysunuvdagi 244 ta davlat unitar korхonasi bor.
Xususan:
- “Xiva sharobsavdo” MChJ;
- “Toshkent otchopari” MChJ;
- “Oʻzeltexsanoat-savdo” MChJ;
Batafsil ro’yxat bu yerda.
1 noyabrga qadar vazirlik, idoralar va hududlar hokimiyatlari ushbu roʻyхatlarda idoraviy boʻysunuvidagi davlat korхonalari bor-yoʻqligini tekshirish uchun qoʻshimcha inventarizatsiya oʻtkazadilar va roʻyхatlarga kiritilgan korхonalar tugatiladi.
Ilgari Spot davlatning fevral oyida “Uzbekistan” mehmonxonasidagi, sentyabr oyida “Andijon yog‘-moy” AJ ustav kapitalidagi ulushi sotuvga qo’yilgani haqida xabar bergan edi.