16 iyun kuni Humans xalqaro kompaniyalar guruhi moliyaviy xizmatlar, uyali aloqa operatorlari xizmatlari va tovarlar va xizmatlarning vitrinalarini birlashtirgan mobil ilovasining ilk ko‘rinishini O‘zbekistonda taqdim etdi.

Endilikda, O‘zbekiston aholisi butun O‘zbekiston bo‘ylab Humans hamkorlarining xizmatlari uchun to‘lovlarni amalga oshirishlari va har safar o‘z hisoblariga keshbek olishlari mumkin bo‘ladi.

Humans uyali aloqa operatori va moliyaviy xizmatining ishga tushirilishi 2020 yil 18 avgustga rejalashtirilgan.

“Humans — bu biz. Bizda hamma narsa insoniy tarzda amalga oshirilgan. Biz imkonsiz narsalarning imkonini yaratishga harakat qilamiz, shuning uchun shaffof uyali aloqa operatori va qulay moliyaviy xizmatni bitta ilovada birlashtirdik.

18 avgustdan boshlab O‘zbekistondagi foydalanuvchilar chiroyli telefon raqamini bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib olishlari, o‘zlari uchun kerakli tarifni ulashlari yoki mutlaqo bepul aloqadan foydalanishlari mumkin. Mamlakatning istalgan fuqarosi bizning savdo ofisimizdan ikki daqiqada bank kartasini olib, pul mablag‘larini komissiyasiz o‘tkazishi mumkin.

Biz har bir o‘zbekistonlik bizning bonusli dasturimizda ishtirok etishi va Humansning noyob xizmatlari uchun to‘lashi mumkin bo‘lgan bonuslarni to‘plashi maqsadida HUMANS.uz mobil ilovasining birinchi versiyasini uyali aloqa operatori va bank ishga tushishidan ikki oy oldin yo‘lga qo‘ydik", — dedi Humans asoschisi Vladimir Dobrinin.

Bonus dasturida ishtirok etish uchun mobil ilovani yuklab olib, UzCard yoki HUMO to‘lov tizimining bank kartasini ulashning o‘zi kifoya. Shundan so‘ng, Humans hisob raqamiga darhol 5000 so‘m miqdorida bonusni taqdim etadi.

Bu bonusni ko‘paytirish mumkin — shunchaki uni do‘stingizga o‘tkazsangiz bo‘lgani. Do‘stingiz HUMANS.uzni o‘rnatib, bank kartasini bog‘lashi bilan, Humans do‘stingizga o‘tkazilgan summasini ikki baravar oshiradi va hisob raqamingizga qaytaradi. Bu hol har safar qaytariladi, o‘tkazma qancha ko‘p bo‘lsa, bonus ham shuncha ko‘payadi. Do‘stlar soni va bonuslar miqdori cheklanmagan.

Yig‘ilgan bonuslarni O‘zbekistonda muqobili bo‘lmagan takliflarga sarflash mumkin. Masalan, 500 000 so‘mlik bonus uchun Telegramga bir umrlik cheksiz kirish huquqini sotib olish mumkin.

“HUMANS” MCHJ 2016 yilda tashkil etilgan Humans kompaniyalar guruhiga kiradi. Ushbu guruh moliya sektori, telekommunikatsiya, axborot almashinuvi va tibbiyot sohalarida texnologik loyihalarni ishlab chiqishga qaratilgan. Humans ofislari Singapur, Nyu-York, Moskva, Sankt-Peterburg, Minsk va Toshkentda joylashgan.

Guruhning ishlaydigan loyihalari orasida ishlar va insonlarni qidirish uchun sun’iy intellektdan foydalanadigan HUMANS.net HR-tech platformasi mavjud.

2020 yil iyun oyida Humans guruhi O‘zbekistonda moliyaviy xizmatlar, uyali aloqa operatorlari xizmatlari va tovarlar va xizmatlarning vitrinalarini birlashtirgan moliyaviy texnik ilovasining ilk ko‘rinio‘ini taqdim etdi.

Loyiha haqida batafsil ma’lumot Humans.uz saytida.