Prezident “Aholi bandligi toʻgʻrisida"gi qonunni imzoladi. Unga ko‘ra:
- aholi bandligini ragʻbatlantirish va tadbirkorlikka jalb etish uchun subsidiya, grant va kreditlar ajratish;
- har yili ish oʻrinlarini tashkil etishga doir davlat byurtmasini shakllantirish;
- mahalliy mehnat organlari tomonidan ish qidirayotgan va ishsiz shaxslarga koʻrsatiladigan xizmatlar turlari;
- ish qidirayogan shaxslarni mahalliy mehnat organlari tomonidan roʻyxatga olish va hisobdan chiqarish tartibi;
- “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini yuritish;
- mehnat stajini elektron tarzda hisobga olish.
Shuningdek, Qonun bilan Mehnat kodeksiga bir qator oʻzgartirishlar kiritildi. Xususan, ishsizlik nafaqasi 12 oylik davr ichida koʻpi bilan 26 hafta davomida toʻlanishi belgilandi (amalda ishlamagan va birinchi marta ish izlayotgan fuqarolarga 13 hafta, boshqa toifadagilarga 26 hafta mobaynida toʻlanadi).
Ishsizlik nafaqasi miqdori quyidagicha oshirilishi koʻzda tutilgan:
- ishdan va ish haqidan oʻnggi 12 oylik davr ichida mahrum boʻlgan shaxslarga — avvalgi ish joyidagi oʻrtacha oylik ish haqining 50% miqdorida, lekin mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan oz boʻlmagan miqdorda;
ishdan va ish haqidan mahrum boʻlgan hamda uzoq (1 yildan ortiq) tanaffusdan keyin mehnat faoliyatini qayta boshlashga harakat qilayotgan shaxslarga — MHEKM (mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori)ning 1 baravari miqdorida;
- ilgari hech qayerda ishlamagan, ish izlayotgan shaxslarga — MHEKMning kamida 75% miqdorida to‘lanishi ko‘zda tutilgan.