O‘zbekistonda mikroqarz olish stavkasi necha foizdan boshlanadi? Fuqarolarga ajratiluvchi eng minimal va maksimal qarz summasi qanchani tashkil etadi? Mazkur materialimizda Spot sizni qiziqtirgan shu va boshqa savollarga javob beradi.
Mikroqarzning o‘rtacha yillik foiz stavkasi 23% ni tashkil etib, o‘tgan yili eng yuqori narxdagi mikroqarz 36% ni tashkil etgan. Bunda fuqarolarga ajratiluvchi mikroqarzlar foizning pasayishiga yil boshida Markaziy bank kredit va depozitlar uchun imtiyozlar joriy qilgani sabab bo‘ldi. Jumladan 2018-yilgi prezident qaroridan so‘ng, maksimal narxda ajratiluvchi mikroqarz 5 ta bankda mavjud bo‘ldi.
2019-yilning dekabr oyining mikroqarzlar bo‘yicha keltirilgan hisobotida, mazkur summani birgina Tenge Bank taklif qilgan edi. Hozirda mikroqarzlarning berilish imkoniyati ortgan bo‘lib, “Ipak yo‘li bank”, “Savdogarbank”, “Asaka” va “Poytaxt” banklari mikroqarz foiz stavkasini yengillatmoqda.Jumladan boshqa barcha banklarda mikroqarzning maksimal summasi 5 mlndan 22 mlngacha bo‘lgan summani tashkil etadi.
Bunda kredit ulushi qarz oluvchining o‘rtacha oylik ish haqidan kelib chiqib beriladi. Ko‘p hollarda esa, kredit ulushi oylik maosh haqining uch baravaridan oshmaydi va qarz mablag‘lari o‘rtacha 1−2 yil muddatga beriladi. Qarz beriluvchi muddat qancha yuqori bo‘lsa, yillik foiz stavkasi ham shuncha yuqori bo‘ladi.
Bu kabi kreditlarni olish esa bir necha daqiqada (on-line mikroqarzlar) yoki bir necha kunda olish mumkin bo‘ladi. Lekin bunda bankka borib ariza to‘ldirish ham shart bo‘lmay, balki bank saytida onlayn arizani ham to‘ldirish mumkin. Banklar mablag‘ni ko‘pincha qarz oluvchining karta hisob raqamiga, ba’zida naqd holda beriladi.
Mikroqarz olish uchun passport nusxasi va oxirgi yil davomidagi daromad maosh ma’lumotnomasi taqdim etilishi kerak. Ba’zi hollarda banklar qo‘shimcha hujjatlar taqdim etilishini ham so‘rashi mumkin, jumladan Ravnaq Bank fuqaro va ish mazilidan bank hisob varag‘i (INN) va pension daftarcha (INPS) so‘raydi. Agar kredit summasi 10−20 mln so‘mdan ortsa, garovga kafil sifatida uchinchi taraf ham kiritiladi.
Material ma’lumot berish yuzasidan keltirilgan bo‘lib, kredit berilish tartibi haqidagi to‘liq ma’lumotni bank axborot xizmatidan olishingiz mumkin.