O‘qishga to‘lov kontrakti asosida kirib, lekin kontrakt pulini to‘lashga qurbi yetmagan talabalar uchun 2018-yilda qabul qilingan yangi tahrirdagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan nizom tasdiqlangan edi.

Unga ko‘ra, OTMlarning kunduzgi bo‘limlariga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan talabalarning o‘zlariga, shuningdek ularning ota-onalariga yoki vasiylariga tijorat banklari tomonidan ta’lim kreditlari ajratilishi mumkin bo‘ladi.

Ta’lim kreditlari, bakalavriatga, magistraturaga o‘qishga qabul qilingan talabalarga o‘qish davrini hisobga olgan holda 2−3 yilgacha, Xalq Bank va Milliy Banklari esa 5 yildan 10 yilgacha bo‘lgan muddatga beriladi.

Xususan, superkontrakt kredit to‘lovini faqatgina Xalq Banki ajratib, shuningdek banklar mazkur dasturda maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari, turli o‘quv kurslarining to‘loviga ham kreditlar ajratadi, jumladan “Orient Finance Bank"da shu tizim yo‘lga qo‘yilgan.

“Agrobank” foizsiz kreditlarni chin yetim va mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari va I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga ajratadi. Mazkur kredit foizlari 20% dan 24% gacha bo‘lgan yillik foiz stavkalarini tashkil etadi.

Lekin pandemiya sharotida, bu yildan OTMlarda o‘qish 12-oktyabrdan boshlanishi hisobiga, kontrakt to‘lash muddati 1-noyabrgacha uzaytirilgan edi. Superkontrakt to‘lovining muddati esa 2020-yilning 1-dekabrigacha etib belgilandi.

Mazkur ta’lim kreditini olish uchun passport nusxasi, fuqaroning daromad ma’lumotnomasi, OTM va talaba o‘rtasidagi kelishuv hujjatlari talab etiladi.

Quyida ta’lim kreditlarini ajratuvchi banklar ma’lumoti keltirilgan. Mazkur material axborot berish maqsadida keltirilgan bo‘lib, to‘liq ma’lumotni olish uchun bankning axborot xizmatiga murojaat qilinishingiz mumkin.


“Agrobank”

Foiz stavkasi — 23%. Kredit birinchi yoki ikkinchi mutaxassislikda tahsil olayotgan talabalarga 3 yil muddat hisobiga beriladi. “Kredit oluvchilar „Yoshlar kelajagimiz“ jamg‘armasi hisobidan foizlar xarajatlarining bir qismini qoplash mexanizmidan foydalanishlari mumkin”, — deya keltirgan bank ma’lumotnomasi.

0% stavkalik kreditlar yetim bolalarga, mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladi.

“Asaka Bank”

Mazkur bankda yiliga 20% lik qo‘yilgan stavka 100% lik to‘lov kontraktidan ortiq bo‘lmasligi talab etiladi. To‘lov esa ikkiga bo‘lib amalga oshiriladi.

“Ipak yo‘li Bank”

Yillik to‘lov stavkasi — 23%. 2 yil muddatga ajratiluvchi kreditning maksimal summasi 20 mln so‘mlik kreditni tashkil etib, shuningdek 3 yil muddatga berilgan 30 mln so‘mlik kredit to‘lovini undirishda uchinchi taraf kafil sifatida biriktiriladi.

“Orient Finance Bank”

Ikki yil muddatga beriluvchi 24% lik kredit stavkalarining maksimal summasi 250 mln dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Shuningdek, bank OTMlarga ajratuvchi kreditlardan tashqari, xususiy maktab, maktabgacha ta’lim muassasasalari, turli o‘quv kurslari to‘lovini ham moliyalashtiradi.

Bundan tashqari, bank uch turdagi ta’lim kreditlarini ajratadi av superkontrakt to‘lovini amalga oshirish uchun beriladi. Bunda kredit narxining oxirgi summasi 89,2 mlnni (material nashri paytida) tashkil etgan. Stavka narxi esa qarz oluvchining tanlagan muddatidan kelib chiqadi: 1 yil muddatga — 21%, 2 yilga — 22%, 3 yil uchun — 23% ni tashkil etadi. Shuningdek, lgota (imtiyozli muddat) vaqti 1 oy muddatini tashkil etadi. Qolgan kreditlar 1 yildan 10 yilgacha muddatga (foiz stavkasi keltirilmagan) beriladi.

“Mikrokreditbank”

Bir yil muddatga beriluvchi kredit stavkasi 21% ni, 3 yilgacha bo‘lgan bo‘lgan muddatda — 23% ni tashkil etadi. Belgilangan foiz qarzi sifatida mol-mulk, uchunchi taraf kafilligi yoki sug‘urta polisi qabul qilinadi.

Milliy Bank (NBU)

Beriluvchi maksimal summa — 50 mln so‘mni tashlik etib, foiz stavkalari kredit muddatidan kelib chiqadi:

  • 3 yilgacha — stavka narxi 20%;
  • 5 yilgacha — stavka narxi 22% ni tashkil etadi.