6 noyabrdan boshlab uch kun davomida Humans mobil aloqa xizmatlari uchun to‘lovni joriy etadi, shu bilan birga ba’zi xizmatlar bepulligicha qoladi.
Istalgan xizmatlar paketiga ulanganda (0 daqiqa va 0 gigabayt paketidan tashqari) Humans mijozlari bepul tarzda bir-birlariga qo‘ng‘iroq qilishlari va cheksiz Telegram-dan foydalanishda davom etishlari mumkin.
Kompaniyaning statistik ma’lumotlariga ko‘ra, aloqa xizmatlari uchun 35% gacha tejash mumkin; bu foydalanuvchining Telegram trafigi uchun bir oyda ishlatadigan o‘rtacha miqdoriga to‘g‘ri keladi.
Moslashuvchan shartlar
Tariflar konstruktori yordamida Humans abonenti qancha trafik kerakligini o‘zi tanlashi mumkin: kam daqiqalar va ko‘p gigabaytlar yoki aksincha.
“Humans tariflari konstruktori o‘zbekistonliklarning aloqa uchun sarflaydigan xarajatlar bilan bog‘liq tasavvurlarini butunlay o‘zgartirib yuboradi. Sizga qancha trafik kerakligini o‘zingiz tanlashingiz mumkin: kam daqiqalar va ko‘p gigabaytlar yoki aksincha. Xizmatlar paketidan butunlay voz kechishingiz ham mumkin, va aksincha, uch, o‘n yoki o‘ttiz kunga cheksiz aloqa o‘rnatishingiz mumkin bo‘ladi.
Mijozlarimiz turli messendjerlardan, ijtimoiy tarmoqlardan, musiqa va video xizmatlaridan cheksiz foydalanishni sotib olishlari mumkin. Istalgan sevimli ilovadan cheksiz foydalana boshlash bilan trafik haqida o‘ylamaslik — naqadar oson! Masalan, 25 000 so‘mga bir oy davomida cheksiz Instagram va cheksiz YouTubeni, 10 000 so‘mga esa cheksiz Facebookni ulashingiz mumkin", — deya ta’kidladi, Humans asoschisi va rahbari, Vladimir Dobrыnin.
Bepul xizmatlar
Har qanday daqiqalar paketini ulaganda ham tarmoq ichidagi aloqa bepul bo‘lib qoladi. Daqiqalar hisoblash davri so‘ngiga qadar tugab qolsa ham (3, 10 yoki 30 kunlik paketni tanlash mumkin), tarmoq ichidagi qo‘ng‘iroqlar nol narxida mavjud bo‘lib qoladi.
Har qanday daqiqalar va gigabaytlar paketini ulashda (0 daqiqa va 0 gigabayt paketidan tashqari), Humans bepul cheksiz Telegram-ni taqdim etadi. Ushbu taklif messenjerning barcha funksionalini o‘z ichiga olgan (xabarlar almashinuvi, qo‘ng‘iroqlar, fotosuratlar, videolar va boshqalarni yuborish).
Ulanish va chiroyli raqamlar
6 noyabrga qadar Humans mijozlari soni 600 mingdan oshdi.Toshkent shahri abonentlar soni bo‘yicha yetakchiga aylandi. Humans savdo nuqtalarida kartalar paketini chiqarish 2 daqiqadan 5 daqiqagacha vaqtni oladi va ulanish tezligi kuniga 18 mingga yaqin yangi mijozlarni tashkil etadi. Bugungi kunda savdo nuqtalarining soni 72 tani tashkil qilmoqda va o‘sishda davom etmoqda.
“Maxsus toifadan raqamlarni tanlash” xizmati o‘zbekistonliklar orasida keng ommalashgan. Ushbu xizmatni 140 mingdan ortiq kishi tanlagan. Chiroyli raqamni tanlaganlarga Humans 26 noyabrga (kun oxiriga) qadar u uchun to‘lash imkoniyatini beradi. Ushbu muddatdan so‘ng, puli to‘lanmagan yoki rasmiylashtirilmagan 6/12/24/36 oy davomida bo‘lib-bo‘lib to‘lanadigan yoki to‘lash uchun berilmaydigan chiroyli raqamlar umumiy ma’lumotlar bazasiga qaytadi va boshqa mijozlar tomonidan sotib olinishi mumkin bo‘ladi.
Humans aloqasi uchun ilova yoki operator veb-sayti orqali mahalliy va xorijiy banklarning istalgan bank kartalari (Humans, UzCard, HUMO, VISA, MasterCard) bilan to‘lashingiz mumkin. Hisobni bank kartasi bilan to‘ldirganlik uchun komissiya 0%.
Kompaniya haqida
“HUMANS” MCHJ 2016 yilda tashkil etilgan Humans kompaniyalar guruhiga kiradi. Ushbu guruh moliya sektori, telekommunikatsiya, axborot almashinuvi va tibbiyot sohalarida texnologik loyihalarni ishlab chiqishga qaratilgan. Humans ofislari Singapur, Nyu-York, Moskva, Sankt-Peterburg, Minsk va Toshkentda joylashgan.
Guruhning ishlaydigan loyihalari orasida ishlar va insonlarni qidirish uchun sun’iy intellektdan foydalanadigan HUMANS.net HP-tech platformasi mavjud.
2020 yil iyun oyida Humans guruhi O‘zbekistonda moliyaviy xizmatlar, uyali aloqa operatorlari xizmatlari va onlayn to‘lov vitrinalarini birlashtirgan moliyaviy texnik ilovasining birinchi versiyasini taqdim etdi.
2020 yilning avgust oyidan boshlab Humans — O‘zbekistondagi beshinchi uyali aloqa operatori.
Loyiha haqida batafsil ma’lumot humans.uz saytida.