“O'zbektelekom” AK Internetga keng polosali ulanish xizmatlarini faol ravishda rivojlantirishni davom ettirmoqda.
Kompaniya o’z infratuzilmasi va xizmatlarini rivojlantirish bilan bir qatorda, boshqa operator va provayderlar tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlarni ham rivojlantirish uchun sharoit yaratish ustida ish olib bormoqda.
Jumladan, 2020 yil noyabrdan xalqaro pakеtli kommutatsiya markaziga (XPKM) ulangan opеratorlar va provaydеrlar uchun tashqi intеrnеt-kanal narxi arzonlashtirildi.
Bunda 1 Mbit/s tezlik uchun narx 20%ga arzonlashtirilib 56 ming so’mdan 45 ming so’mga tushirildi. So’nggi 3 yil ichidagi dinamikani kuzatadigan bo’lsak narx 5 barobardan ko’proq arzonlashtirilib 1 Mbit/s tezlikdagi tashqi intеrnеt-kanal narxi 244 ming so’mdan 45 ming so’mgacha tushirilgan.