Toshkent shahar hokimligi yuk tashuvchi avtomobillar harakatini cheklovchi qarorni xalq muhokamasiga taqdim etdi. Unga ko’ra:
Toshkent shahar ko‘chalaridagi tirbandlikni oldini olish maqsadida, poytaxt hududida N1 toifali (yuk tashish uchun mo‘ljallangan, eng katta vazni 3,5 t dan oshmaydigan) avtotransport vositalaridan yuqori transport vositalari harakati tig‘iz vaqtlarda, ya’ni ertalabki soat 07:00 dan 10:00 ga qadar, kechki soat 17:00 dan 20:00 ga qadar cheklanishi ko’zda tutilgan.
Ushbu loyiha Toshkent shahrining markaziy ko‘chalarida harakat xavfsizligini ta’minlash va transport vositalarining qatnovini tartibga solish maqsadida ishlab chiqilgan.