Qozog’iston Bosh vaziri Asqar Mamin Qozog’iston va Rossiya prezidentlarining kelishuviga binoan “Sputnik V” vaksinasini ishlab chiqarishni boshlagan Qarag’anda farmatsevtika majmuasiga tashrif buyurdi. Bu haqda Qozog’iston Bosh vazirining rasmiy sayti xabar bermoqda.
Majmua doirasida bosqichma-bosqich 2 million dona vaksina ishlab chiqarilishi ko’zda tutilgan.
“Qozog'istonda ishlab chiqarilgan “Sputnik V” rusumli ommaviy emlash 2021-yil fevralda boshlanadi. Avvalo, tibbiyot xodimlari, o’qituvchilar, talabalar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, tibbiy-ijtimoiy muassasalar tarkibi, shuningdek surunkali kasalliklarga chalingan guruh vakillari ixtiyoriy ravishda emlanadi “, — deydi Bosh vazir.
Rossiya va dunyodagi koronavirusga qarshi vaksinaning dastlabki ro’yxati avgust oyining o’rtalarida ma’lum qilingan. Tadqiqotlar natijasiga ko’ra, vaksinaning samaradorligi qariyb 95% ni tashkil etadi.