Kompaniya 24- dekabrda Toshkentda birinchi Carrefour supermarketi ochilishini o’z saytida va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qildi.
Kompaniyaning O’zbekistondagi rasmiy saytida e’lon qilinganidek, birinchi bosqichda 3 ta supermarket “Carrefour Qoratosh” (Qoratosh ko’chasi, 11а), “Carrefour Chilonzor” (Qatortol ko’chasi, 28) и “Carrefour Yunusobod” (Yunusobod, 19) ochilishi rejalashtirilgan.
24- dekabrda “Carrefour Qoratosh” marketining ochilishi kutilmoqda. Kompaniya tomonidan boshqa supermarketlarining ishga tushishi to’g’risida hozircha ma’lumotlar berilmagan. Carrefour supermarketlari Akfa Groupga tegishli bo’lgan binolarda joylashtiriladi.
Avvalroq, Majid Al Futtaim kompaniyasi bosh direktori Xani Vayss kompaniyaning birinchi do’konini uchinchi chorakda O’zbekistonda ochishni rejalashtirayotgani haqida aytgandi.
Kompaniya bozorga chiqish uchun taxminan $11 million ajratadi va kelgusi yillarda kengayishni qo’llab-quvvatlash uchun yiliga $10 million sarmoya kiritadi.