Telegram 2021-yildan monetizatsiya qilinadi deya qayd etadi ilova asoschisi Pavel Durov o’zining telegram kanalida.
Uning so’zlariga asosan, faol foydalanuvchilar sonining 500 millionga yaqinlashib borayotgani sayin serverlar va trafik uchun ko’p xarajatlar sarflanmoqda.
“Telegramning aksariyat faoliyati davomida men kompaniyaning hisob-kitoblarini shaxsiy mablag‘larim bilan to‘lab kelganman. Ammo hozirgi o’sish sur’ati bilan Telegram milliardlab faol foydalanuvchilar va shunga mos xarajatlar yo’lida turibdi”, deb yozadi Durov.
Texnologiyalar ishlab chiqaruvchi kompaniya yuqori ko’rsatgichlar bilan o’sganda, uning oldida faqat ikkita yo’l bor — xarajatlarni qoplash uchun pul ishlab topish yoki undan kattaroq kompaniyaga sotish, deya davom etdi u, WhatsApp asoschilari singari kompaniyani sotmoqchi emasligiga ishora qilib.
Durov Telegram yana uzoq yillar davomida xizmat ko’rsatishi va buning uchun 2021-yildan monetizatsiya qilish boshlanishini aytib o’tgan.
“Hozirgi barcha Telegram xizmatlari bepul bo’lib qoladi. Bundan tashqari, biz biznes-jamoalar va yuqori ehtiyojlarga ega foydalanuvchilar uchun qo’shimcha funksiyalarni taklif etamiz. Ushbu yangi xususiyatlarning ba’zilari resurslarni talab qiladi va natijada pullik bo’ladi. Oddiy foydalanuvchilar har doim Telegramdan bepul foydalanadilar “, deb yozgan Durov.
Xabar almashish bilan bog’liq barcha Telegram xizmatlari reklamasiz qolishi, shaxsiy va guruh chatlarida reklama qabul qilinishi maqsadga muvofiq emas deb hisoblashini yozib qoldirilgan.
Telegramning monetizatsiyasi nafaqat kompaniyaga, balki butun jamoaga foyda keltirishi kerak, deb hisoblaydi xizmat asoschisi. Masalan, mashhur ommaviy kanallar reklama platformasi orqali monetizatsiya qilinadigan bo’lsa, ushbu kanallar egalari o’zlarining qamrov imkoniyatlariga proporsional ravishda bepul trafikni olishadi.
Ikkinchi misol — agar hozirgi bepul stikerlardan tashqari, kengaytirilgan imkoniyatga ega pullik stikerlar mavjud bo’lsa, unda ularning rassomlari ham daromadning bir qismini olishadi.
“Biz Telegram kontentini yaratuvchilar, undagi tadbirkorlar va barcha foydalanuvchilarimizning yaxshilangan xizmat ko’rsatish orqali rivojlanishlarini istaymiz. Telegram yo’lini biz mana shunday ko’ramiz”, deb yozgan Durov.
Pavel Durov Telegram yordamida jamoa ko’plab yangi funksiyalarni amalga oshirishi va kelgusi o’n yilliklarda milliardlab yangi foydalanuvchilarni kutib olishiga ishonadi. Ushbu yondashuv Telegramga mustaqilligi va qiymatini saqlab qolish imkonini hamda dunyoga yangi turdagi texnologiya kompaniyasining namunasini taqdim etishi kutilmoqda.