Facebook biznesdagi soliq yukini kamaytirish maqsadida faoliyat ko’rsatayotgan Irlandiyadagi sho’ba korxonalarini yopdi. Texnologiya giganti 9 milliard dollarlik soliq to’lashdan bo’yin tovlash to’g’risidagi da’volar asosida bunday qadamni qo’yishi kerak edi, deb The Times hujjatlariga asoslanib xabar berilmoqda.

Gap Irlandiyada Facebookning intellektual mulki ro’yxatdan o’tgan uchta holding kompaniyalari haqida ketmoqda. Texnologik gigantning dunyo bo’ylab filiallari ushbu birliklarga intellektual mulkdan foydalanishlari uchun pul to’lashgan va Mark Zuckerberg kompaniyasining daromadlarining muhim qismini AQShdan tashqariga chiqishiga imkon yaratilgandi.

2018-yilda Facebookning Irlandiyadagi asosiy sho’ba kompaniyasi Facebook International Holdings I Unlimited Company bilan umumiy hisobda yillik foydasi 45 mlrd dollar bo’la turib bor-yo'g'i 101 million dollar miqdoridagi soliqlarni to’laganligi ma’lum bo’ldi. Bu ko’rsatkich o’sha davrdagi kompaniya xalqaro aylanma miqdorining teng yarmiga teng edi, deya ta’kidlanadi The Times tomonidan.


2020-yil Amerika soliq xizmati kompaniyani 9 mlrd dollarlik soliqlarni to’lamaganlikda ayblab, sudga da’vo qilgan. Hukumat rasmiylarining fikriga ko’ra, Facebook 2010-yilda unga bo’lgan huquqni sho’ba korxonasiga o’tkazish jarayonida intellektual mulk qiymatini ataylab pasaytirgan. Natijada Mark Zuckerbergning kompaniyasi Irlandiyada korporativ soliqni 12,5 foiz stavka bo’yicha to’lashga muvaffaq bo’ldi, AQShda esa bu 35 foizni tashkil etadi.

The Times gazetasi Irlandiyadagi tuzilmalarni yopish orqali Facebook sudda yutqazsa, yuz beradigan milliardlab jarimani oldini olishga harakat qilmoqda, deya tahmin qilmoqda. Ammo Facebook vakillari bu o’zgarishlar 2020-yil iyulida amalga oshirilganligini ta’kidlashdi.

“Bizning harakatlarimiz dunyodagi siyosatchilar tomonidan targ’ib qilinayotgan soliq qonunchiligini o’zgartirish talablariga javob beradi”, deb xulosa qilishdi ular.