O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi davlat-xususiy sherikligi asosida quyosh fotoelektr stansiyasi (FES) qurilishi bo‘yicha “Scaling Solar 3” uchinchi loyihasi boshlanishi to‘g‘risida vazirlik matbuot xizmati e’lon qildi.
“Scaling Solar 3” uchinchi loyihasi doirasida umumiy quvvati 500 MVt bo‘lgan uchta FES qurilishi rejalashtirilib, ularning investorlari tender natijasiga ko‘ra aniqlanadi.
Uchinchi loyiha boshlanishi 2021-yil fevral oyiga rejalashtirilgan. FES qurilishi Buxoro, Namangan va Xorazm viloyatlarida amalga oshirilishi ko‘zda tutilmoqda.
Oldinroq Spot “Scaling Solar 1” loyihasi doirasida Navoiy viloyatida quvvati 100 MVt bo‘lgan FES Masdar (BAA) kompaniyasi tomonidan qurilishi haqida ma’lumot bergan edi. Bu boradagi ijobiy natijani hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Xalqaro moliya korporatsiyasi o‘rtasida konsultasiya xizmatlarini jalb qilish va Scaling Solar loyihasi bo‘yicha quyosh FESlarining quvvatini 1000 MVtgacha oshirish bo‘yicha kelishuv imzolandi.
Mazkur kelishuv natijasi o‘laroq 2020-yil boshida Samarqand va Jizzax viloyatlarida umumiy quvvati 400 MVt bo‘lgan 2 ta “Scaling Solar 2” FES qurilishi loyihasi bo‘yicha tender e’lon qilingan edi. Ushbu loyihalar bo‘yicha hozirgi vaqtda tender savdolari amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan keng miqyosli qayta tiklanuvchi energiya strategiyasi amalga oshirilib, uning doirasida yaqin 10 yil ichida 5 GVtgacha ekologik toza quyosh energiyasini ishlab chiqish rejalashtirilgan. Strategiya elektr energiyasiga tobora ortib borayotgan ehtiyojni qondirishga qaratilgan bo‘lib, 2020−2030 yillarda O‘zbekiston Respublikasini elektr energiyasi bilan ta’minlash konsepsiyasi doirasida amalga oshirilmoqda.
30 dekabr 2020, 12:11
Energetika
2021-yildan O’zbekistonning yana 3 ta viloyatida quyosh fotoelektr stansiyalari ishga tushiriladi
Buxoro, Namangan, Xorazm viloyatlarida “Scaling Solar 3” loyihasi doirasida 500 MVt bo’lgan FES qurilishi rejalashtirilmoqda.

Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati
«Spot»
- 1 599
- Izoh
- Tavsiya qilish
So‘nggi yangiliklar
Bugun, 11:46 Iqtisodiyot
“Renovatsiya hududlarida aholi roziligi olinib, ularga kompensatsiya beriladi” — adliya vaziri
Dastlabki boshqichda renovatsiya bo‘yicha bir nechta pilot loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Buning uchun fuqarolar va hokimliklar ishtirokida direksiya tashkil etiladi.
Bugun, 11:43 Iqtisodiyot
Dunyoning eng boy 500 odami umumiy boyligi $304 mlrdga ko‘paydi — Bloomberg
Donald Trampning bir qator mamlakatlarga nisbatan bojlarni to‘xtatish to‘g‘risidagi qaroridan keyin eng katta bir kunlik o‘sish kuzatildi.
Bugun, 11:00 Biznes
Toshkentda Shell’ning sanoat uchun zamonaviy yechimlarga doir konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Shell brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori OilGroup kompaniyasi 9-aprel kuni Toshkentda sanoat korxonalari uchun konferensiya o‘tkazdi, unda moylash materiallari va ularning innovatsion yechimlari muhokama qilindi.
Bugun, 10:44 Qonunchilik
Avtobus yo‘laklari va trotuarlarda harakatlanganlik uchun jarimalar miqdori tasdiqlandi
Birinchi huquqbuzarlik uchun 375 ming so‘m, takror sodir etilganda esa 1,125 mln so‘m miqdorida jarima undiriladi.
Bugun, 09:55 Moliya
5 grammlik oltin quyma narxi ilk bor 6,8 mln so‘mdan oshdi
Qimmatbaho metallning jahon kotirovkalari birinchi marta troya unsiyasi uchun $3200dan oshdi.
Bugun, 09:47 Energetika
Toshkentning ikkita tumanida tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi
11-aprel kuni ta’mirlash ishlari sabab belgilangan vaqtlarda Sergeli va Yangihayot tumanlarining ayrim hududlariga tabiiy gaz yetkazib berilmaydi.
Kecha, 20:28 Iqtisodiyot
Piyoz narxi nega qimmatlashdi? Qishloq xo‘jaligi vazirligi izoh berdi
Vazirlik bu vaqtinchalik holat ekanligini, aprel oyi o‘rtalaridan boshlab narxlar arzonlashishini qayd etdi.
Kecha, 19:11 Biznes
UzTest Libero Comfort bolalar tagliklari importini cheklashni taklif qildi
Bunga mahsulot tarkibida me’yoridan ortiq kimyoviy modda mavjudligi sabab bo‘lgan. Markaz Bojxona qo‘mitasiga bu mahsulotlarni O‘zbekistonga olib kirishni taqiqlash bo‘yicha tavsiya xati yubordi.