Samarqand viloyati, Samarqand shahridagi boshlang‘ich narxi 1 so‘mlik bo‘sh turgan qozonxona binosi onlayn auksion savdolarida 2 mlrd. 971 mln.so‘mga sotildi. Ushbu mulk uchun savdolar 15 nafar ishtirokchi o‘rtasida qizg‘in kechdi.

Auksion g‘olibiga 24 oy muddatda 4 mlrd.so‘m investisiya kiritish hamda 28 ta yangi ish o‘rni yaratish va mehmonxona faoliyatini tashkil etish majburiyati yuklatiladi.

Ushbu davlat aktivining umumiy maydoni 0,27 gektarni tashkil etadi.

Oldin Spot, Elektron auksion tarixidagi eng qimmat yer maydoni sotilgani haqida ma’lumot bergan edi