O’zbekistonda futbolni rivojlantirishga qaratilgan PF-№ 5887- sonli Prezident Farmoni asosida mamlakatda bukmekerlik faoliyatini amalga oshirish 2021-yilning 1-yanvaridan qonuniylashtirildi.
Undan ko’zlangan asosiy maqsad: sport sohasi, ayniqsa futbolni rivojlantirish, uning sarmoyaviy jozibadorligini oshirishdan iboratdir.
Bukmeker- (ing. bookmaker) — ehtimollik nazariyasiga asoslangan, shuningdek, yutuqlarni tahmin qilish orqali oldindan kelishilgan koeffitsientlar bilan (ko'pincha sport turlari) bo’lajak turli tadbirlarga naqd pul garovlarini qabul qiladigan professional munozarachining kasbi.
Farmonda bukmekerlik faoliyatini tartibga soluvchi quyidagilar sanab o’tilgan:
- bukmekerlik faoliyatini litsenziyalash O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan amalga oshiriladi;
- bukmekerlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan telekommunikatsiya tarmoqlarida, shu jumladan Internet tarmog‘i provaydyerlarida xizmatlar ko‘rsatilishini tartibga solinadi;
- bukmekerlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari daromadlarining bir qismini sport turlari, shu jumladan futbolni rivojlantirish uchun yo‘naltiriladi;
- bukmekerlik faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish mexanizmlari joriy etiladi.
Bukmekerlik faoliyatidan kelib tushadigan pul mablag‘larini shu jumladan futbolni rivojlantirish va futbolga ixtisoslashtirilgan sport ta’lim muassasalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga yo’naltiriladi.