Hukumat qarori bilan mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Qarorga muvofiq, endilikda O‘zbekiston Respublikasi hududida mobil qurilmalar chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari mobil qurilmalarni respublika hududiga olib kirish sanasidan qat’i nazar, ularni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun javobgar bo‘ladi.
Shuningdek, agar mobil qurilmaning bir slotiga tegishli IMEI-kodi 2019 yil 1-noyabrgacha avtomatik ro‘yxatdan o‘tgan va bazaga kiritilgan bo‘lsa, uning boshqa slotidagi IMEI-kodi tizim operatori tomonidan 3 ish soati mobaynida bepul amalga oshiriladi.
Agar ro’yxatdan o’tkazish 2019 yil 1-noyabrdan keyin amalga oshirilgan bo’lsa boshqa slot uchun jarayon 3 ish soati davomida to‘lov asosida amalga oshiriladi.