Vazirlar Mahkamasi “Jahon banki ishtirokida “Oʻzbekistonda shaffof va keng bozor iqtisodiyotiga oʻtishni rivojlantirish siyosatini qoʻllab-quvvatlash” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi 816-son qarorni qabul qildi. Bu haqda Norma.uz axborot-huquqiy portali xabar berdi.

Qonun hujjati quyidagi qarzni jalb qilishni nazarda tutadi:

  • Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining (XTTB) 10,5 yil muddatga, shu jumladan, 5 yillik imtiyozli davri bilan, $250 mln;
  • Xalqaro taraqqiyot uyushmasining (XTU) 30 yil muddatga, shu jumladan, 5 yillik imtiyozli davri bilan:
    • $165 mln miqdoridagi (imtiyozli qarz);
    • $85 mln miqdorida (imtiyozsiz qarz).

XTTB va XTU tomonidan ajratiladigan qarzlar Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjeti harajatlarini moliyalashtirish uchun yoʻnaltiriladi.

Qaror bilan Loyihani amalga oshirish doirasida XTTB va XTU tomonidan ajratiladigan qarzni qaytarish, foiz va vositachilik haqi boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirishning prognoz jadvali tasdiqlandi.

Shuningdek:

  • Moliya vazirligi loyihaning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va monitoring qilish, XTTB va XTU tomonidan ajratiladigan qarzdan maqsadli va samarali foydalanilishchi yuzasidan mas’ul ijro etuvchi organ hisoblanadi;
  • XTTB va XTU tomonidan ajratiladigan qarzlarni qaytarish, foiz, хizmat koʻrsatganlik va vositachilik haqi boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish bilan bogʻliq хarajatlar Oʻzbekiston respublika byudjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.