CNBC telekanali Alibaba kompaniyasi asoschisi Jek Ma Xanchjoudagi shtab-kvartirada maqsadli ravishda yashiringanligi haqida xabar bergandan so’ng kompaniya aksiyalari 5 foizga o’sdi, deb yozadi Forbes.ru.

Alibaba asoschisi yo’qolib qolmaganligi, balki, katta ehtimol bilan kompaniyaning Xanchjoudagi shtab-kvartirasida joylashganligi haqida CNBC telekanali muhbiri Devid Faber ma’lum qildi.

“Sizga aytishim mumkin bo’lgan narsa shuki, ayni damda u Xanchjoudagi shtab-kvartirada atayin yashirinib olgan. Bu uning butunlay yo’qolib qoldi degani emas”, — deydi Faber.

4-yanvar kuni Jek Ma ikki oydan oshiq vaqtdan beri jamoatchilik oldida ko’rinmayotganligi va to’satdan ishbilarmonlik teleko’rsatuvida egallagan o’rnini tark etganligi orqasidan kompaniya bozor kapitalizatsiyasining 3 foizini yo’qotgan edi.

Jek Ma ning Alibaba va Ant Group kompaniyalari oktyabr oyida banklar faoliatini moliyaviy tartibga solishni tanqid qilganidan bir necha hafta o’tgach, Xitoy hukumati bosimi ostida qoldi. Shanxayda bo’lib o’tgan konferensiyada Ma xalqaro qoidalar “qariyalar klubi” va “kelajakni tartibga solishning kechagi usullari” ekanligini ta’kidladi.

Uning fikriga ko’ra, dunyodagi ko’plab muammolar “rivojlanishni emas, balki faqat xavfni boshqarish” muhokamasidan paydo bo’ladi, yoshlar va rivojlanayotgan mamlakatlar haqida hattoki o’ylamaydilar", deya aytgan Jek Ma.

Shundan so’ng, Alibaba sho’ba korxonasining rejalashtirilgan IPO-lari bekor qilindi va kompaniyaning o’ziga qarshi antimonopol tekshiruv ochildi.