Qozog’istonning yirik chakana savdo tarmog’i hisoblangan Magnum Cash&Carry O’zbekiston bozorida qachon ish boshlashini e’lon qildi. Bu haqda kompaniyaning matbuot xizmati Spotga xabar berdi.

Kompaniya direktori Azamat Osmanov 2021-yilda Toshkentda oltitagacha do’kon ochishni rejalashtirgan bo’lib, ular asosan gipermarket shaklida bo’lishini aytib o’tdi.

“Biz Qozog’istondagi kabi toshkentliklar uchun yangi ish o’rinlari yaratish, kadrlar tayyorlash va professional o’sishi uchun sharoit yaratishga e’tibor qaratamiz. Mamlakat iqtisodiyotining o’sishiga o’z hissamizni qo’shish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solamiz “, deydi rahbar.

Kompaniya xaridorlarga O’zbekiston va Qozog’istonda ishlab chiqarilgan hamda boshqa mamlakatlardan olib kelingan turli xil tovarlarni (20 000 donagacha) taklif qilmoqchi. Chakana savdo kompaniyasi Magnum Club bonus dasturini ham ishga tushiradi.

Endilikda Magnum Cash&Carry o’z do’konlarini qurish uchun joylarni qidirmoqda. Kompaniya mavjud binolarda variantlarni ko’rib chiqishga tayyor. Birinchi do’konning ochilish sanasi keyinroq e’lon qilinadi.

Avvalroq, Spot Carrefour O’zbekiston bozoriga kirib, Toshkentda birinchi supermarketni ochganini yozgan edi.