Amerika Qo‘shma Shtatlari, O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi hukumatlari “Markaziy Osiyo investitsiyaviy sherikligi” tashabbusi yo‘lga qo‘yilganligini e’lon qilishmoqda,deb yozadi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.
Ishtirokchi tashkilotlar:
1.AQSh Xalqaro taraqqiyot moliya korporatsiyasi (DFC);
2.O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi;
3.Qozog‘iston Respublikasi Hukumati manfaatlarini ko‘zlab harakat qiluvchi “Ostona” Xalqaro moliya markazi.
Mazkur tashabbus orqali Markaziy Osiyo va mintaqadagi xususiy sektor o‘sishiga hamda iqtisodiy aloqalarni kengaytirishga xizmat qiladigan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun 5 yil ichida kamida 1 milliard dollar mablag‘larini jalb etish ko’zda tutilgan.
Tashabbusning maqsadi- xalqaro infratuzilma sifat standartlariga javob beradigan hamda inklyuziv, shaffof va barqaror investisiyalar hajmining o‘sishiga ko‘maklashuvchi xususiy sektor sohasidagi loyihalarni ilgari surishdan iboratdir.
“C5+1” platformasi orqali amalga oshirilayotgan tashabbus Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyotini mustahkamlash va o‘sishini ta’minlash maqsadida savdo-sotiqni oshirish, kompleks rivojlanishni rag‘batlantirish va ko‘p tomonlama aloqalarni chuqurlashtirish uchun barcha mavjud imkoniyatlardan foydalanishga intiladi.
Mintaqaviy loyihalarni qo‘llab-quvvatlashdan tashqari, mutasaddi tashkilotlar o‘zaro anglashuv memorandumlarini imzolash hamda investitsiya jamg‘armalari faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganishmoqda.