O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 6-yanvar kuni bosh tashkiloti AQShda joylashgan Winrock xalqaro qishloq xo‘jaligini rivojlantirish institutining O‘zbekiston Respublikasidagi filiali davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda Adliya vazirligining matbuot xizmati xabar beradi.
Filialning asosiy maqsad va vazifalari — ovqatlanish va ijtimoiy-iqtisodiy farovonlikni yaxshilashga, oziq-ovqat, tola va yoqilg‘i, shu jumladan chorvachilik, oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, tarqatish hamda tabiiy resurslarni boshqarishni takomillashtirishga ko‘maklashishdir.
Shuningdek, filial Amerika Qo‘shma Shtatlari Xalqaro Rivojlanish Agentligi (USAID) tomonidan moliyalashtiriladigan “Markaziy Osiyoda xavfsiz migratsiya” (SMICA, 2019−2024) loyihasini amalga oshirishga ko‘maklashadi.
O‘zbekistonda odam savdosining oldini olish, omon qolganlar jabrlanuvchilarni himoya qilish, xavfsiz migratsiyaga ko‘maklashish, xavf ostida bo‘lgan aholi qatlamining odam savdosining barcha shakllariga nisbatan zaifligini kamaytirishga hamda odam savdosi jabrlanuvchilariga yordam berish va aniqlash usullarini rivojlantirishga ko‘maklashishga qaratilgan ushbu loyiha byudjeti 2 346 054 AQSh dollarini tashkil etadi.