Avvalroq, O’zbekistonda futbolni rivojlantirishga qaratilgan PF-№ 5887- sonli Prezident Farmoni asosida mamlakatda bukmekerlik faoliyatini amalga oshirish 2021-yilning 1-yanvaridan qonuniylashtirilganligi haqida Spot xabar bergan edi.

Farmonda bukmekerlik faoliyatini litsenziyalash O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan amalga oshiriladi deb belgilangan. Ammo amalda litsenziya huquqiy asosning yo’qligi sabab berilmaydi.

Parimatch kompaniyasining MDH davlatlari bo’yicha ijro direktori Dmitriy Sergeev O’zbekistondagi bukmekerlikning legalizatsiyasi bo’yicha LegalCasinoga intervyu berdi. Uning fikricha, hozirgi holatda o’zbek bozoriga chiqish uchun rejalar tuzish qiyin. Chunki legallashtirish ko’rinib turganidek, noma’lum muddatga ortga surilmoqda.

“Mahalliy analogni o’ylash, ishga tushirish va sinovdan o’tkazish uchun vaqt kerak, albatta pandemiyani hisobga olgan holatda. Chunki u kutilmagan o’zgarishlar kiritib, rejalarni bir necha bor o’zgartirdi”, deydi Sergeev.

Uning so’zlariga ko’ra, bozorning o’zi rivojlanish uchun juda istiqbolli hisoblanadi, birinchi navbatda aholining ko’pligi — deyarli 33 million kishi. Ammo 2021-yilda bukmekerlarning bozorda faol ko’rinishini kutish qiyin. Kelajakda yirik kompaniyalar katta ehtimol bilan bozorga kirishga harakat qilishadi, ammo hamma ham muvaffaqiyatga erisha olmaydi, chunki litsenziyalash talablari qat’iy bo’lishi mumkin.

Agar Parimatch baribir O’zbekistonga kirishga qaror qilsa, u butun dunyo bo’ylab pul tikuvchilarga kerak bo’lgan asosiy nuqtalarga ega bo’lgan mahalliy bozorga moslashtirilgan mahsulot bo’ladi.

Uning fikriga ko’ra, bukmekerlik idoralarining O’zbekiston bozoriga kirishi nafaqat katta iqtisodiy samara beradi, balki mamlakatda sportni rivojlantirishga kuchli turtki beradi.

“Bukmekerlar rasmiy ravishda o’zlari ishtirok etgan mamlakatlardagi sport tadbirlari va sportchilarga homiylik qilishadi. Bukmekerlar pullari bilan siz chempionatlarni tashkil qilishingiz, klublar tashkil qilishingiz, jamoalarni o’quv-mashg'ulot yig’inlariga yuborishingiz mumkin “, — deya ta’kidladi Sergeev.

Bugungi kunda, uning aytishicha, bukmekerlikdan tushadigan daromadni taxmin qilish qiyin — unga markaziy boshqaruv tarmog’i mexanikasi, epidemik holat va bozordagi faol o’yinchilar soni ta’sir qiladi.