Joriy yilning 7-yanvar kuni WhatsApp ilovasi Facebook bilan o’zaro ma’lumotlar almashinuvi haqidagi xabarni e’lon qilgan edi. Xavfsizlik choralari sifatida taqdim etilgan bu punktni qabul qilmagan taqdirda foydalanuvchilar ilovadan foydalanish imkoniyatidan mahrum bo’ladilar.
Amerikalik milliarder, Space X va Tesla kabi kompaniyalarning asoschisi Ilon Mask WhatsApp ilovasidan foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlari oshkor etilishi to’g’risidagi xabarga o’z fikrini bildirdi.
O’zining Twitter sahifasida Mask Signal ilovasidan foydalanishni maslahat berib o’tgan.
Oldinroq,Ilon Mask dunyoning eng boy odami deb e’lon qilingani haqida xabar berilgan edi.