Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov o’zining telegram sahifasida kelgan savollarga javob berdi. Uning aytishicha, foydalanuvchilar uzoq muddatli reklama roliklarini tomosha qilmaydilar. Telegram monetizatsiya qilishini haqida Spot oldinroq xabar bergan edi.
Durov foydalanuvchilarga Android tizimiga o’tishni tavsiya qilgan va ba’zi savollarga oydinlik kiritib o’tgan:
- Messenjerlar jamoasi Safari uchun veb-versiya ishlab chiqmoqda, u mobil ilovadan yomon ishlamaydi. Apple App Store’da messenjerni bloklagan taqdirda bu juda foydali bo’ladi;
- Apple-Google qarama-qarshiligi katta muammo, ammo iOS-dan farqli o’laroq, Androidga APK fayllarini yuklab olish orqali dasturlarni o’rnatish mumkin. Durov foydalanuvchilarni bepul ma’lumotlarga ega bo’lish uchun iOS-dan Androidga o’tishga chaqiradi;
- Durov “ma'lum bir avtoritar rejim” Telegram server kodiga kirishga harakat qilayotganini aytdi. Hukumat xuddi shu dasturni yaratishni, so’ngra mamlakatda “boshqa barcha ijtimoiy tarmoqlarni yopishni” rejalashtirgan. Shu sababli Durov messenjerning server kodini nashr etishni rejalashtirmayapti;
- Shuningdek, u Ilon Mask tomonidan tavsiya etilgan Signal messenjeri haqidagi savolga javob berdi. Durov uni Telegram uchun raqobatchi deb hisoblamaydi, chunki u uning ko’p funksiyalaridan bittasiga — maxfiy suhbatlarga alternativa beradi.
Eslatib o’tamiz, WhatsApp ilovasi foylanuvchilariga ultimatum qo’yishi natijasida, SpaceX va Tesla korporatsiyalari asoschisi Ilon Mask messenjer sifatida Signal ilovasidan foydalanishni Twitter sahifasida aytib o’tgandi.