Davlat statistika qo’mitasi joriy yilning 1-yanvar holatiga ko’ra iqtisodiy faoliyat ko’rsatayotgan korxonalar demografiyasi haqidagi ma’lumotni e’lon qildi.

Unga ko’ra, 2020- yilda yangi tashkil etilgan korxonalar soni 2019- yilning mos davri bilan solishtirganda I chorakda 22,8%, II chorakda 15,1% va III chorakda 5,1% past ko’rsatgichga ega bo’lib, yil yakuniga kelib esa 1,5% hisobidagi kamayishlarni ko’rsatmoqda. 2020-yilning I choragida 24 084 ta korxona tashkil etilgan bo’lsa yil yakuniga kelib ularning soni qariyb 4 barobarga ko’payib, 95 311 taga yetgan.

Eng ko’p korxonalar qishloq, o’rmon, baliqchilik xo’jaligi (100%), axborot va aloqa (15%), va sog’liqni saqlash sohalari (5,4%) da ish boshlagan.

Eng past ko’rsatgichlar qurilish (31,1%), yashash va ovqatlanish bo’yicha xizmatlar (22,1%) va boshqa sohalar (21%) da kuzatilgan.

O’sish kuzatilgan sohalar hududlar kesimida Surxandaryo (152,3%), Andijon (114,1%), Farg’ona (117,8%), Jizzax (120,2%),Namangan (11,8%) va Samarqand (105,5%) viloyatlarida o’tgan yilning mos davriga nisbatan rivojlanish ko’rsatkichlarni bermoqda.