Xitoy kompaniyasi Tulufan Xindian Ganta Li Qizhil.Co O’zbekiston magistrallari uchun yoritish uskunalari ishlab chiqarish liniyasini yo’lga qo’yish bo’yicha loyihani amalga oshirishmoqchi, deya xabar bermoqda Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi axborot xizmati.

Investor kompaniya loyihani amalga oshirish uchun $7 million ajratishga rozilik bergan. Muzokaralar xorijiy investitsiyalarni jalb qilish agentligining biznesni ochishga ko’maklashish va davlat organlari bilan hamkorlikda investorlarni qo’llab-quvvatlash bo’limi boshlig’i B. Baxodirov bilan bo’lib o’tgan.

Masalani yanada rivojlantirish maqsadida UZIPA tomonidan avtomobil yo’llari uchun yoritish moslamalari ishlab chiqarish bo’yicha mo’ljallangan investitsiya loyihasining tafsilotlari haqida batafsil ma’lumot talab qilindi.

Muzokaralar yakunida ishlab chiqarish liniyasining dastlabki hududi tomonidan “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasini hisobga olgan holda Xorazm viloyati belgilandi. Ayni paytda EIZ ishlab chiqarish maydonchasida keng turdagi tovarlar, shu jumladan, qurilish materiallari ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Uchrashuv yakunida Bosh direktor o’rinbosari LiQizhi Xitoy kompaniyasi rahbariyati TulufanXindianGanta loyihani amalga oshirish imkoniyatlarini batafsil o’rganish uchun mart oyida O’zbekistonga tashrif buyurishni rejalashtirayotganini ta’kidladi. Rahbariyat tomonidan ijobiy baholangach, xorijiy tomon va Xorazm viloyati hokimligi o’rtasida o’zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi imzolashga tayyorligini aytib o’tdi.