Roman Sayfulin
Makro supermarket tarmoqlarining boshqaruvchisi.
Majid Al Futtaim tomonidan e’lon qilingan yangilik biz va xaridorlarimiz uchun kutilmagan holat bo’ldi.
Carrefour kompaniyasi hali shartnomalar imzolamasdan turib, Samarqand darvoza va Compass savdo markazlarida o’z supermarketlarini ochishi to’g’risidagi xabar bizni hayratga soldi deydi Sayfulin.
Eslatma: Compass, Samarqand Darvoza, va Makro The Tower Mall Management Groupga qarashli bo’lgan.Ammo 2019-yilda kompaniya ikkala KSMni UzOman investitsiya kompaniyasiga sotgan edi.
Dastlab, ushbu savdo markazida joylashgan Makro supermarketlari ochilgan kunidan boshlab faoliyat yuritib kelayotganini ta’kidlashni istardim.
Bizning kompaniya, savdo markazi rahbariyati bilan birgalikda ochilishda va xaridorlarni jalb etishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etishda yuzaga kelgan barcha qiyinchiliklarni yengib o’tdi.
Kompaniyamiz tomonidan ushbu joylarda mijozlar bazasini shakllantirilib, Makro va KSM supermarketlariga tashrif buyuradigan iste’molchilar uchun muhim bo’lgan ishonch va sifat muhiti yaratildi.
Hozirda savdo markazi rahbariyati bilan muzokaralar olib borilmoqda. Bu vaziyat bo’yicha mening subyektiv fikrim quyidagicha — Makro kompaniyasi uzoq muddatli savdo hamkori sifatida ishonch qozongan va ijaraga beruvchi tomon sifatida qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozli huquqlaridan foydalanishni da’vo qilib chiqishi mumkin.
Har qanday holatda ham qabul qilinayotgan har bir qaror shartnomalar va qonunchilik doirasida amalga oshiriladi.
Makro Compassdan chiqib ketadimi? Shuni aytishim mumkinki, bu savol o’z yechimini topgan emas, ammo do’konlarni sotish bo’yicha muzokaralar davom etmoqda.
Samarqand Darvoza kelsak — bizning barcha harakatlarimiz savdo markazi rahbariyati bilan muzokaralar natijalari bilan belgilanadi.Masala bo’yicha nizolar yuzaga kelgan taqdirda, qonunchilik yo’li bilan hal qilinadi.