Xitoyning Honor smartfon markasi Google xizmatlarini qo’llab-quvvatlaydigan yangi qurilmalar qatorini tayyorlamoqda. Bu haqda Kommersant.ru xabar beradi.

Kompaniyaga yaqin bo’lgan manba nashrga Honor 2021-yil bahorida Huawei AppGallery dasturlariga ega bo’lmagan yangi smartfonlar qatorini taqdim etishni rejalashtirayotganini tasdiqladi — dastur ilovasi faqat ilgari chiqarilgan qurilmalarda qoladi. Honor, Huawei va Google kompaniyalari ushbu ma’lumotlarga izoh bermadilar.

Eslatma: 2019-yilning may oyida AQSH Huawei kompaniyasini qora ro’yxatga kiritish to’g’risida ko’rsatma bergan edi. Natijada Google kompaniya bilan hamkorlik qilishnin to’xtatdi va Huawei AppGallery dasturlari mavjud bo’lgan smartfonlarni ishlab chiqdi. 2020-yilning noyabr oyida Huawei o’z tarkivida bo’lgan Honor brendini 15 mlrd dollarga sotishi haqidagi xabarni tasdiqladi.

Honor ajralib chiqqach sanksiyalardan saqlanish maqsadida 2021-yilning bahiridan boshlab yana Google xizmatlariga ega smartfonlar ishlab chiqishni rejalashtirmoqda.