IT Park direktorining mintaqaviy rivojlanish bo‘yicha o‘rinbosari Abdulahad Qo‘chqorov boshchiligidagi delegatsiya hamda Xorazm viloyati hokimi Farxod Ermanov ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda IT Park ning rasmiy sayti axborot xizmati xabar beradi.

Uchrashuv so‘ngida Farxod Ermanov Xorazmda IT Park filialini qurish tashabbusini qo‘llab-quvvatladi va umuman IT Park konsepsiyasi va faoliyatini ijobiy baholadi.

Xorazmda qurilayotgan IT Park filialining maydoni 5492 m2ni tashkil qiladi. Filial tarkibiga kovorking markazi, o‘quv xonalari, robototexnika va kibersport xonalari, majlis xonalari, konferens-zal, kafe va boshqalar kiradi.


Uzoq muddatli istiqbolda mazkur filial 1200 dan ortiq ish o‘rinlarini hamda 1000 dan ortiq IT mutaxassislarini chiqaradi.

Qolaversa, filialda yosh avlodning quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim olishi uchun IT Markaz mavjud:

— Kompyuter savodxonligi;

— Chuqurlashtirilgan MS Officye;

— Veb dasturlash tillari;

— Grafik va dizayn asoslari;

— Mobil ilovalarni yaratish;

— Python dasturlash tili;

— Arduino va LEGO Mindstorms asosida ishlaydigan mobil robotlar;

— Va kibersport: CS: GO, Dota2, FIFA20.

Avvalroq, Spot IT mutaxassislari uchun IT Park hamda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan dastur haqida yozgan edi.