BMT Taraqqiyot dasturi va Savdo-sanoat palatasi qo‘shma loyihasi doirasida Agrar va Inxa universitetlari mutaxassislari bilan hamkorlikda mini agrometeorologik stansiyalarning prototiplari bo‘yicha muvaffaqiyatli dasturiy ta’minot ishlab chiqildi. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi axborot xizmati xabar beradi.
Ayni paytda 6 ta namunadagi mahalliy agrometeorologik stansiyalar o‘rnatilib ishga tushirildi va joriy yil oxiriga qadar Farg‘ona vodiysi hududlarida mazkur stansiyalardan yana 9ta o‘rnatish rejalashtirilgan.
Mahalliy qurilmalarning xorijiy analoglardan farqi:
a) ularning narxi chet elnikiga qaraganda deyarli 5 baravar arzonroq;
b) mahalliy serverlarga ulanishi obuna paytida narx ustunligini beradi.
Hozircha mazkur xizmat bepul, chunki bu va boshqa operatsion xarajatlar va ob-havo stansiyalaridagi boshqa ishlar hozirda o‘simliklarning karantin davlat inspektsiyasi tomonidan qoplanmoqda.
c) ular yordamida onlayn tarzda 7 dan ortiq meteorologik kuzatuvlarni olib borish, saqlangan ma’lumotlarni interaktiv grafikalar ko‘rinishida taqdim etish, 7 kun va undan ko‘proq vaqt davomida 10 dan ortiq ko‘rsatkichlar bilan hududning eng aniq prognozini chiqarishi mumkin.
Zararkunandalar va kasalliklarga qarshi kurashish maqsadida ularning mahalliy xususiyatlarni hisobga olgan holda 6 o‘simlik turi bo‘yicha 30 dan ortiq kasallik va zararkunandalarni modellashtirish dasturi ishlab chiqildi.
d) boshqaruv panelidagi ma’lumotlarning o‘zbek tilida taqdim etilishi.
Ayni paytda ushbu stansiyalar sinov va aprobasiya jarayonini boshdan kechirmoqda, ammo hozirda o‘simliklar, karantin xizmati foydalanuvchilari, fermerlari va inspektorlari bizning ishlanmalarimiz hech qachon chet ellik hamkasblaridan qolishmasligini ta’kidlamoqdalar.
Agrometeorologik stansiyalarni o‘rnatish va qo‘llash ishlari Savdo-sanoat palatasi va BMT Taraqqiyot Dasturi hamda Rossiya Federatsiyasi moliyaviy ko‘magidagi “Farg‘ona vodiysida fermerlarni iqlim o‘zgarishi xatarlariga moslashishi va barqarorligini oshirish” loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda.