O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash Vazirligi hamda Yaponiya hukumatlari o’rtasida 2020-yilning 17-iyunida tibbiyot sohasida grantlar ajratish bo’yicha shartnoma imzolangan edi. Kelishuv doirasida 500 million yapon yeni miqdoridagi beg’araz yordam ko’rsatish ko’zda tutilgan. Bu haqda Norma.uz xabar beradi
Mas’ul vakil sifatida Yaponiyaning Crown Agents Japan Limited (CA) kompaniyasi belgilangan. Grantdan foydalanishga Vazirlar Mahkamasining qarori asos qilib olingan.
Banklararo shartnomani imzolashda davlat tashqi istisodiy faoliyat banki “O'zmilliybank” mas’ul etib belgilandi.