Jek Ma bir necha oy ichida birinchi marta jamoatchilik oldida chiqish qildi va xayriya tadbirida qatnashdi, deya xabar bermoqda The Wall street Journal.
Jek Ma ning Alibaba va Ant Group kompaniyalari oktyabr oyida banklar faoliatini moliyaviy tartibga solishni tanqid qilganidan bir necha hafta o’tgach, Xitoy hukumati bosimi ostida qoldi. Shanxayda bo’lib o’tgan konferensiyada Ma xalqaro qoidalar “qariyalar klubi” va “kelajakni tartibga solishning kechagi usullari” ekanligini ta’kidladi.
Uning fikriga ko’ra, dunyodagi ko’plab muammolar “rivojlanishni emas, balki faqat xavfni boshqarish” muhokamasidan paydo bo’ladi, yoshlar va rivojlanayotgan mamlakatlar haqida hattoki o’ylamaydilar", deya aytgan Jek Ma.
Shundan so’ng, Alibaba sho’ba korxonasining rejalashtirilgan IPO-lari bekor qilindi va kompaniyaning o’ziga qarshi antimonopol tekshiruv ochildi.
Avvalroq Spot, Jek Ma qayerda ekanligi haqida tahminlar paydo bo’lganligi haqida yozgan edi.