Szyaotun Janubiy-G'arb universitetida magnit “yostiqcha” texnologiyasi asosida ishlaydigan poyezdning prototipini ishlab chiqarishdi. Bu haqda South China Morning Post sayti axborot xizmati xabar beradi.
Poyezd bemalol soatiga 620 kmgacha tezlikni oshirishi mumkin. Keyinchalik ixtirochilar tezlikni soatiga 800 kmgacha oshirishga maqsad qilib qo‘yishgan.
O‘ta tezyurar poyezd Xitoy shaharlari o‘rtasida temir yo‘l qatnov tizimi tarkibiga kiritilishi mumkin. Mazkur poyezd uchun magnit liniyani qurish qiymati $38,6 mln.dan $46,3 mln. gacha atrofida baholanmoqda.
Bu esa “oddiy” tezyurar poyezdlarning narxidan qimmatroq (bir kilometr narxi $30,9 mln. ni tashkil etadi). Ammo muhandislar so‘zlariga ko‘ra, mazkur liniyalarning ekspluatatsiyasi ommalashsa, unda qurilish ishlarning qiymati pasayishi mumkin.