Kriptovalyutalar bozorining narxi bitkoin hisobiga oshib bormoqda. Uning Bozordagi ulushi qariyb 70 foizga teng. Shu bilan birga ikkinchi yetakchilik o‘rnini egalluvchi efirium (Ether) kriptovalyutasining narxi ham tobora o‘sib bormoqda va hozirda 1300 dollarga teng, ulushi esa $153 mlrd gacha yetdi. Kriptovalyuta bozorining kuchli beshtalik orasida steyblekoin Tether (ulushi — $24,4 mlrd), Litecoin (ulushi — $11 mlrd) va Bitcoin Cash ($8 mlrd) ham kiradi.
Eslatib o’tamiz: Bitcoin yaratuvchisi Satoshi Nakamoto ismli shaxs yoki shaxslar guruhi tushuniladi. Hozirda Nakomoto 1 million bitkoinga egalik qiladi deya taxmin qilinadi. Ularning aksariyati Bitcoin mavjud bo’lgan dastlabki ikki yil ichida ozgina raqobat mavjud bo’lganda yig’ib olingan. Agar u hanuzgacha ushbu tangalarni boshqaradigan shaxsiy kalitlarning nusxalariga ega bo’lsa, bu unga qariyb 40 milliard dollar miqdorida foyda keltirishi mumkin.
Bu uni sayyoradagi eng badavlat 40 kishi qatoriga kiritish uchun yetarli. Nakamoto hech qachon o’zining haqiqiy shaxsini ommaviy ravishda oshkor qilmagan va 2014-yildan beri ommaviy ravishda muloqot qilmagan.
Avvalroq Spot Bitkoin narxi oshib rekord darajaga yetganligi haqida yozgan edi.