2020−2022-yillar uchun mo’ljallangan investitsiya dasturi doirasida Farg’onada joylashgan KVARTS zavodi float shisha ishlab chiqaradigan yangi zavodni shu yilning mart oyida ishga tushiradi. Bu haqda kompaniya saytining matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yangi zavodning ishga tushishi export salohiyatini oshirish bilan birga jahon standartlariga mos keluvchi shisha mahsulotlarini ishlab chiqarishga zamin yaratadi. Hamkorlar sifatida Xitoy,Fransiya, Germaniya kabi davlatlar ishtirok etmoqda. Zavodning umumiy maydoni 15 gektarni tashkil etadi.
Loyiha doirasida har yili 32 mln metr2 xomashyo ishlab chiqarish ko’zda tutilgan. Bu oldingi bilan solishtirganda, 22 mln ga ko’pdir.
“Azot-vodorod stansiyalarini va shisha qizdiradigan pechlarni Xitoyning Shangai Pony technology kompaniyasi, qizdiruvchi pechlar Fransiyaning Five stein kompaniyasi tomonidan olib kelinadi. Oxirgi qadoqlash ishlari uchun barcha uskunlar Germaniya Greenzebach kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi”, deydi Kvarts AJ ning ishlab chiqarish bo’yicha direktori Sohibjon Tursunbayev.
Ma’lumot uchun o’zaro hamkorlik shartnomasi doirasida Kvarts 1 million dollar miqdordagi eksport ishlarini amalga oshirgan.