Yilning boshlanishi yangilanish uchun eng qulay fursat. Joriy yilning 25-yanvar sanasidan boshlab ko’pchilik uchun sevimli bo’lib ulgurgan CHEVROLET TRACKER krossoveri o’rnini yangi avlod TRACKER egallaydi. Bu haqda “O'zavtosanoat” Matbuot xizmati Spotga xabar berdi.
Yangi TRACKER panorama lyuk, LED chiroqlar va 8 dyumlik sensorli ekranga ega bo’lgan audio tizim bilan jihozlangan. Dinamik to’xtash chiziqlariga ega orqa kamera, katta sig’imli yukxona va sayohatingiz xavfsiz va maroqli o’tishi uchun mo’ljallangan boshqa ko’plab qulayliklar mashinani boshqarishingizda sizga huzur bag’ishlaydi.
TEXNIK XUSUSIYATLAR:
- zamonaviy uch silindrli ECOTEC turbomotor;
- aralash sikldagi yoqilg’i sarfi 5,5 l / 100 km, quvvati 123 ot kuchi;
- 6 pog’onali avtomatik uzatmalar qutisi;
- kalitsiz salonga kirish va dvigatelni ishga tushirish;
- yoqilg’i sarfini tejashga mo’ljallangan “STOP-START” intellektual tizimi;
- yangilangan va katta hajmli yukxona.
Yangi TRACKER avtomashinasini 2021-yilning 25-yanvar sanasidan boshlab CHEVROLET standartlari talablariga to’liq javob beradigan dilerlik markazlarida xarid qilish mumkin.
Yangi Trackerning boshlang’ich komplektatsiya narxi: 145 130 000 so’mdan boshlanadi, LT komplektatsiya esa: 193 043 478 so’m.