General Motors 2040-yilga kelib ugleroddan holi bo’lgan kompaniyaga aylanmoqchi. Shu sababli, Chevrolet va Cadillac avtomobillarining barcha turida chiqindi gazlarini yo’q qilishga intilmoqda. Bu haqda Vtimes manbalarga asoslanib xabar beradi.

Buning uchun 2035-yilga kelib, avtokonsern ichki yonuv dvigatelli avtomobillarni ishlab chiqarishni to’xtatishni rejalashtirmoqda.

“Biz sotadigan avtoulovlardan chiqadigan chiqindi gazlar kompaniyaning uglerod gazining eng katta qismini (75%) tashkil qiladi. Shuning uchun kelajakda bu muammoni butunlay bartaraf etish uchun chiqariladigan avtomobillarning chiqindisi nolga teng bo’lishi kerak”, dedi GM bosh direktori Meri Barra.

GM dunyodagi yetakchi avtomobil ishlab chiqaruvchilar orasida birinchi bo’lib IYD avtomobillarini sotishni to’liq to’xtatish muddatini belgilab oldi. Boshqa ba’zi ishlab chiqaruvchilar an’anaviy avtoulovlarni sotishni to’xtatmoqchi bo’lgan vaqt jadvalini o’rnatgan bo’lsalar-da, ularning rejalari gibridlar- ikkala batareyasi va kichikroq ichki yonish dvigateliga ega mashinalarga o’tishni o’z ichiga oladi.

GM Chevrolet tijorat vositasi sifatida sotilayotgan Silverado pikapining eng katta versiyasini 2035-yilgi biznes planiga kiritmagan.

Biroq, 2040-yilga kelib, kompaniya o’z faoliyati bilan bog’liq bo’lgan toza CO2 chiqindilarini butunlay yo’q qilmoqchi bo’lganida, ushbu model ham elektr energiyasiga o’tkaziladi, dedi GM.

U ilgari elektr va avtonom haydash texnologiyalariga taxminan 27 milliard dollar sarmoya kiritishni va 2025-yilgacha jahon bozoriga akkumulyator bilan ishlaydigan 30 ta modellarni chiqarishni rejalashtirgan edi.

GM 2025-yil oxiriga kelib uning AQShdagi modellarining 40% dan ortig’i elektr avtomobillarga aylanishi aytilmoqda. 2030-yilga kelib uning Qo’shma Shtatlardagi barcha zavodlari, 2035-yilgacha boshqa mamlakatlardagi korxonalari elektr energiyasini faqat qayta tiklanadigan manbalaridan tizimga o’tishi belgilab qo’yilgan.