“Toshkent shahrida “Yangihayot” industrial texnoparkini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident qarori (PQ-4979-son, 04.02.2021 y.) qabul qilindi.Bu haqda “Huquqiy axborot” telegram kanalida xabar beriladi.

Qarorga ko‘ra, Toshkent shahri Yangihayot tumanida 210 gektar yer uchastkasida “Yangihayot” industrial texnoparki tashkil etiladi.

Mazkur texnoparkni tashkil etish uchun yer maydonlari ajratilishi bilan bog‘liq qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash bo‘yicha kompensatsiya to‘lovlari besh yilgacha bo‘lgan davrda bo‘lib-bo‘lib to‘lanishi mumkin.